15 apr 07:53
Yangiliklar
Ayollar kurashi terma jamoamiz Osiyo chempionatini medalsiz yakunladi
Qita chempionatida to'liq 10 ta vazn toifasida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari musobaqani medalsiz yakunlashdi. Ikki kurashchimiz Dilfuza Aimbetova va Ozoda Zaripboeva bronza medali uchun kechgan bellashuvlarda raqibalariga imkoniyatni boy berib, 5-o'rin bilan kifoyalanishdi.
Musobaqada terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etdi:
-50 kg: Jasmina Immaeva
-53 kg: Dilshoda Matniyazova
-55 kg: Madina Usmonjonova
-57 kg: Ulmeken Aimbetova
-62 kg: Muyassar Qo'shmurodova
-65 kg: Dinora Rustamova
-68 kg: Ariuxan Jumabaeva
-72 kg: Ozoda Zaripboeva
-76 kg: Valentina Toreniyazova.
Avvalroq, erkin kurashchilarimiz mazkur Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunlashgan edi.
Fikrlar