17 mar 00:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Ayollar o'rtasidagi JCH. Navbahor Hamidova musobaqa vice-chempioniga aylandi
Serbiyaning Nish shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi Jahon birinchiligining so'nggi kunidan o'rin olgan bellashuvlar o'tkazilmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasining bir nafar vakilasi — Navbahor Hamidova finalga qadar etib kelgandi.
Hal qiluvchi bosqichda Navbahorga Turkiya vakilasi, ikki karra Jahon va Olimpiada chempioni Busenaz Syurmeneli raqib bo'ldi.
To'liq davom etgan bellashuvda afsuski, turkiyalik charm-qo'lqop ustasining qo'li baland keldi.
SHu tariqa, Navbahor Hamidova IBA tashkil etgan ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar