11 mar 11:15
Yangiliklar

Ayollar o'rtasidagi JCH. Nigina O'ktamova muddatidan oldin g'olib bo'ldi, bugun besh nafar bokschimiz jang qiladi
Unda 2 nafar hamyurtimiz Aziza Yoqubova hamda Nigina O'ktamova ringga ko'tarilishdi. Yoqubova kichik farq bilan imkoniyatni boy bergan bo'lsa, O'ktamova birinchi raundning o'zida raqibini 2 bor nokdaunga uchratishga erishdi. Ikkinchi raundda esa raqibasi ringga chiqmasligini malum qildi.
-54 kg: Aziza Yoqubova — Yang Paek Jin (KXDR) 3:4
-57 kg: Nigina O'ktamova — Xuraman Kasumova (Gruziya) (2-raundda texnik g'alaba).
Bugun ringga ko'tariladigan hamyurtlarimiz bilan tanishing:
-50 kg: Sabina Boboqulova – Isuara Erlin (Kolumbiya)
-60 kg: Sitora Turdibekova – CHuk Nigo Mai (Vetnam)
-63 kg: Odinaxon Ismoilova – Megan de Kler (IBA-Niderlandiya)
-66 kg: Navbahor Hamidova – Meri Uolsh (Irlandiya)
-81 kg: Sohiba Ro'zmetova – Yoana Kastilyo (Kuba).
Fikrlar