05 avg 08:05
Yangiliklar
Azamat Nuftillaev Toshkentda Open FC kamari uchun jang qilmoqchi
Ayni paytda Rossiyaning Open FC ligasida og'ir vaznda chempionlik kamari braziliyalik Edivan Santosga (15-4) tegishli bo'lib turibdi. Hamyurtimiz esa uni jangga chorladi:
"Men og'ir vaznda chempionlik uchun jang qilishga tayyorman. Men ligada 2 ta jang o'tkazib, ikkisida ham g'olib bo'ldim, men kamar uchun jang qilish huquqiga loyiqman. Butun O'zbekiston ahliga bu kamarni vatanga olib borishga vada beraman. 7 oktyabr, Toshkentda ko'rishamiz!", - deb yozgan Nuftillaev.
Eslatib o'tamiz, Azamat Nuftillaev so'nggi bor mart oyida Open FC 27 turnirida Dmitriy Krivulecga qarshi jang qilib, muddatidan oldin g'alabaga erishgan edi. Braziliyalik Edivan Santos esa may oyida Oleg Kubanovni mag'lub etib, Open FC chempioniga aylandi. Bu uning ligadagi debyut jangi edi.
Fikrlar