23 dek 19:12
Yangiliklar
Futbol

Azar Belgiyada "Yil sportchisi" bo'ldi!
Londonning “CHelsi” klubi vingeri Eden Azar Belgiyaning 2018 yildagi eng yaxshi sportchisi deb topildi.
So'nggi uch yilda ilk bor futbolchi mamlakatda yil sportchisi deya etirof etildi. 27 yoshli yarim himoyachi so'rovda engil atletikaning marafon yo'nalishida Evropa chempioni Koen Nert hamda konkida yugurish bo'yicha qishki Olimpiya o'yinlari sovrindori Bart Svingsni ortda qoldirdi.
Takidlash joiz, so'nggi besh yilda uchinchi marotaba yil sportchisi nominaciyasida aynan futbolchi g'olib bo'lmoqda. 2014 yilda darvozabon Tibo Kurtua, 2015 yilda esa “Manchester Siti” etakchisi Kevin De Bryuyne Belgiyada yil sportchisi deb topilgan edi.
Havola :
Fikrlar