13 fev 07:33
Yangiliklar
Azar dublga erishgan o'yinda “CHelsi” yirik hisobda g'alaba qozondi
Unda “CHelsi” klubi o'z maydonida “Vest Bromvich”ni qabul qildi. Uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlarning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. O'yinda kiritilgan gollardan ikkitasi Eden Azar hisobiga yozilgan bo'lsa, yana bitta gol Viktor Mozes tomonidan kiritildi.
SHu tariqa, Antonio Konte shogirdlari 2 ta mag'lubiyatli ceriyaga yakun yasab, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib olishdi.
Angliya chempionati. 27-tur
CHelsi – Vest Bromvich 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 25 Azar, 2:0 – 63 Mozes, 3:0 – 71 Azar.
CHelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen (Keyxill, 74), Ryudiger, Mozes, Kante, Fabregas, Dzappakosta, Pedro (Villian, 80), Azar, Jiru (Morata, 61).
Vest Bromvich – Foster, Fillips, Douson, Xegazi, Evans, Gibbs, Krixovyak, Berri (Yakob, 80), Brant (Berk, 46), Starrij (Rodriges, 4), Rondon.
Ogohlantirishlar: Evans (45), Gibbs (49).
Fikrlar