19 sen 12:17
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				 
				
			 
				Azarenkoning WTA 1000 turniridagi yurishi boshlandi
Meksikaning Gvadalaxara shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir o'tkazilmoqda.  
			Dunyoning 23-raketkasi Viktoriya Azarenko musobaqadagi ishtirokini engil g'alaba bilan boshlab oldi. Belaruslik tennischi WTA reytingida 147-pog'onadan joy olgan amerikalik Robin Montgomerini mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/1.
Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi 70 daqiqadan iborat bo'ldi. Azarenko 3 ta eys, shuncha qo'shxato va 5 ta breyk qayd etgan. Endi Viktoriya ikkinchi bosqichda ukrainalik Dayana Yastremskayaga qarshi kortga chiqadi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
             
			
Fikrlar