So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

08 iyu 10:27
Yangiliklar

Futbol

Azarning ko'z yoshi bilan “CHelsi” muxlislariga yozgan so'nggi maktubi

Teglar :  CHelsiAzarReal
Rasman Madridning "Real" klubi futbolchisiga aylangan Eden Azar “CHelsi” muxlislari va rahbariyatiga so'nggi maktubini yozdi.

“CHelsi”dagi do'stlarim va oilamga! Siz endi mening “Real”ga o'tganimni bilasiz. Bolaligimda birinchi golimni urgan vaqtimdan beri shunday jamoada o'ynashni orzu qilganim hech kimga sir emas. Endi esa klublar ham kelishuvga erishdi. Faoliyatimda yangi bosqich boshlayotganimni tushunasiz degan umiddaman. “CHelsi”dan ketish faoliyatimdagi eng qiyin qaror bo'ldi. 

“CHelsi”ga kelganimda atigi 21 yoshda edim. Bu erda ham futbolchi ham inson sifatida o'sishga erishdim. Sizlar mening Belgiya terma jamoasi sardoriga aylanishimda yordam berdingiz. Albatta, jamoa uchun ham shaxsan men uchun ham qiyin davrlar bo'ldi. O'yinimiz chiqmagan vaqtlarda ham, maydonda borimni berishga intildim. Bularning barchasi esa, albatta, sizlarning takrorlanmas qo'llab-quvvatlashingiz orqali sodir bo'ldi. Bu kurash ruhiyati va xohishi. Bu taslim bo'lmaslikka intilish. Bu “CHelsi” madaniyatining bir qismi.

Jamoadan ketishdan oldin, barchangizga ajoyib do'stona munosabat uchun tashakkur bildirmoqchiman. Ajoyib davrlarni birgalikda o'tkazdik. Mister Abramovich va jamoa rahbariyatiga ikki narsa uchun rahmat aytmoqchiman. Birinchisi, “CHelsi” o'yinchisi bo'lganim uchun, ikkinchisi esa “Real” azosiga aylanganim uchun. Hammaga omad tilayman, do'stlarim”, - deya maktubiga yakun yasagan Azar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing