14 may 10:45
Yangiliklar
Aziz Haydarov jamoasi 8-o'rinda yakunladi, "Al Ayn" esa OCHLdan chetda qoldi
Xenk Ten Kate boshchiligidagi "Al Jazira" bu yil BAA chempioni bo'ldi. Klub dekabr oyida BAAda bo'ladigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionati va keyingi yilgi OCHL guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
"Al Vasl" kumush, "Al Ahli" esa bronza medalini qo'lga kiritdi. Umar Abdulrahmon boshchiligidagi "Al Ayn" esa to'rtinchi o'rinni egallab keyingi mavsumda OCHLda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Sababi keyingi mavsum bu mamlakat klublariga 2+1 ko'rinishiga kvota beriladi.
O'zbekistonlik Azizbek Haydarov o'ynayotgan "Al SHabab" klubi esa 30 ochko bilan 8-o'rinni band etdi. "Al Jazira" hujumchisi Ali Mabhut 33 gol urib chempionat to'purari bo'ldi. Etiborlisi "Al Vasl" to'purari braziliyalik Fabio Lima O'zbekiston pasportiga ega.
Fikrlar