So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

22 iyu 15:11
Yangiliklar

Futbol

Aziz Haydarov va Timur Kapadze O'FAda ish boshladi

Teglar :  HaydarovKapadzeO'FA
Xabaringiz bor yaqindagina yurtimiz va xorijning bir qancha klublarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan tajribali yarim himoyachi Azizbek Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida elon qildi.

O'zbekiston terma jamoasida ham uzoq yillar to'p tepgan futbolchining keyingi faoliyati ham mamlakatimiz bosh jamoasi bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Azizbek Haydarov O'FA terma jamoalar bo'limida ish boshlamoqda. Unga turli yoshdagi barcha terma jamoalar ishini muvofiqlashtirish kabi masuliyatli vazifa topshirildi.

Haydarov bilan bir davrda terma jamoada to'p tepgan o'zbek futbolining yana bir afsonaviy vakili, uchrashuvlar soni va titullar bo'yicha O'zbekistonda rekordchilardan biri hisoblangan Timur Kapadze ham O'FA tizimida ish boshladi. Avval milliy terma jamoada vaqtinchalik murabbiy sifatida ishlab, keyinchalik "Lokomotiv" klubi o'rinbosarlar tarkibiga murabbiylik qilgan Kapadze, to'plagan tajribasini selekciya ishlariga yo'naltiradi. O'FAning selekciya ishlari aynan Timur Kapadze zimmasiga yuklanadi.

SHu kungacha futbolchi sifatida yurtimiz sharafini himoya qilgan ushbu mutaxassislar o'z bilim va ko'nikmalarini o'zbek futboli ravnaqi yo'lida sarflashga kirishmoqdalar.

Associaciya rahbariyati ularga yuksak ishonch bildiradi va omad tilaydi!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing