16 fev 08:57
Yangiliklar
Futbol
Aziz Haydarov va uning jamoasida mag'lubiyat
Kecha BAA pro ligasida 19-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Azizbek Haydarov to'p tepayotgan "Al SHabab" klubi o'z maydonida "Al Ayn" klubini qabul qildi. O'yinda "Bunyodkor"ning OCHL-2017dagi raqibi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Haydarov bahsda to'liq harakat qildi va 80-daqiqada sariq kartochka oldi. "Al SHabab" 24 ochko bilan 8-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Al Ayn" 40 ochko bilan 3-pog'onadan joy olgan.
"Al Ayn" 21 fevral kuni o'z maydonida Eronning "Zob Ahan" klubini qabul qilish bilan OCHL bahslarini boshlaydi. Ikkinchi turdan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Al Ayn" uchrashuvi esa 28 fevral kuni bo'lib o'tadi.
BAA Pro-Ligasi
"Al SHabab" - "Al Ayn" 1:3
Gollar: Muhammad Marzuq 41 - Nosir Al SHamroni 10 penalti, 54 penalti, Ibrohim Diaki 77
Havola :
Fikrlar