26 avg 22:05
Yangiliklar

Aziz Ibragimovdan xet-trik, “Nasaf” va “So'g'diyona”da ham g'alaba
Sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan “Buxoro” jamoasi safarda “Andijon” klubini yirik 4:1 hisobida mag'lub etdi. Aziz Ibragimov “Buxoro”ning uchta goliga mualliflik qildi.
“Qo'qon-1912” jamoasi o'z maydonida Qarshining “Nasaf” klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu uchrashuvda SHahboz Erkinov dubl muallifiga aylandi. Jizzaxda “So'g'diyona” Farg'onaning “Neftchi” jamoasidan so'nggi daqiqada kiritilgan gol evaziga 1:0 hisobida ustun keldi.
“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Nasaf” (Qarshi) 1:2
Gollar: SHahboz Erkinov 44, - 0:1, SHahboz Erkinov 56, - 0:2. Suhrob Berdiev 66, - 1:2.
Amalga oshirilmagan penalti: Suhrob Berdiev 66 (darvozabon)
“Andijon” (Andijon) – “Buxoro” (Buxoro) 1:4
Gollar: Aziz Ibragimov 6, - 0:1, CHemirtan 29, - 0:2. Aziz Ibragimov 64, - 0:3. Dilshod Jo'raev 86, - 1:3. Aziz Ibragimov 89, - 1:4.
“So'g'diyona” (Jizzax) – “Neftchi” (Farg'ona) 1:0
Gol: Bobir Qosimov 90, - 1:0
Fikrlar