So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

22 dek 17:17
Yangiliklar

Kurash, Boshqalar

Azizbek G'anievni tabriklaymiz!

Bugun JBKA prezidenti Azizbek G'aniev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Azizbek G'aniev 1985 yil 22 dekabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. Milliy sport turimiz - belbog'li kurashni dunyo bo'ylab keng quloch yoyib, xalqaro sport turiga aylanib borishida jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidentining mehnatlari etirofga loyiq.  

2021 yildan JBKAga rahbarlik qilib kelayotgan Azizbek G'aniev belbog'li kurashimizni dunyo miqyosida ommalashtirishni maqsad qilgan. SHu bois, G'anievning tashabbusi, ko'magi va homiyligida qisqa fursatda dastlab mamlakatimizda belbog'li kurashni yoshlarimiz o'rtasida keng ommalashishiga, ushbu sport turi bilan sport-talim muassasalarida shug'ullanuvchi o'g'il-qizlar soni keskin oshishiga erishildi. 

SHuningdek, Evropa, Osiyo va Pan-Amerika belbog'i kurash konfedraciya hamda federaciyalarini ochilib, ushbu qitalarda belbog'li kurashni rivojlantirish ishlari boshlab yuborildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 2021 yil Jizzax shahrida jahon chempionati, 2022 yil Qo'qon shahrida yoshlar o'rtasida jahon chempionati, 2022 yil Namangan shahrida jahon chempionatlarining yuqori saviyada o'tkazilishida aynan Azizbek G'anievning ham qo'shgan hissasi va ko'magi etiborga molik. 

Belbog'li kurashimizni rivojlantirishga qo'shayotgan xizmatlari tufayli A.G'aniev qator mukofotlar bilan taqdirlandi. Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek Abduxalilovich G'anievning bosh maqsadi - belbog'li kurashimizni okean orti bo'ladimi, Afrika, Evropa yoki Osiyo bo'ladimi faqat tanitish, rivojlantirish, olimpiya oilasi safiga qo'shish va shu orqali Yurtimizni hamisha ulug'lash bo'ladi. 

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi kengashi azolari, murabbiylar hamda ko'p sonli polvonlar nomidan Azizbek G'anievga uzoq umr, oilaviy baxt, belbog'li kurashni rivojlantirish yo'lidagi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing