08 okt 15:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Azizbek Temirov: "Jangdan oldin nimadir deyishga qo'rqaman"
O'zbekistonlik MMA jangchisi Azizbek Temirov Octagon 64 turniridagi g'alabasidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
U 6 oktyabr kuni Olma-Otada bo'lib o'tgan musobaqa doirasida tojikistonlik SHerzod Ibodulloevni birinchi raunddayoq nokaut orqali taslim etgandi.
"Jangga boshqacha kayfiyat bilan chiqqandim. CHunki raqibim anchadan buyon meni jangga chorlab, har-xil gaplarni aytib yurgan edi. Men jangdan oldin nimadir deyishga qo'rqaman, to'g'risi. Natijadan keyin gapiraman degandim.
Ha, haqiqatan ham juda ko'p gap-so'zlar bo'lgandi. Lekin qanchalik mening jahlimni chiqargan bo'lsa, bu menga shunchalik ko'p motivaciya berdi. G'alaba qozonishim kerak, yutsam ham nokaut bilan yutaman deb chiqqandim", dedi kichik Temirov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar