17 fev 09:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Azizbek Temirov va yana bir o'zbekistonlik MMA jangchisi AQSHdagi mashhur menejerlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi + FOTO
O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Azizbek Temirovning faoliyatida yana bir yangilik kuzatildi.
U ham akasi singari AQSHning TAM Global menejerlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. 26 yoshli Azizbekdan tashqari yana bir hamyurtimiz, so'nggi vaqtlarda Jasur Alijonov jamoasida mashg'ulot o'tkazayotgan SHohrux Xolmurodov ham mazkur menejerlik kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi.
Sobiq UFC jangchisi Yurayya Feyber egalik qiluvchi TAM Global tashkiloti bilan birinchi bo'lib UFC jangchimiz Ramazon Temirov shartnoma tuzgan edi. Ramazon, Azizbek va SHohrux AQSHdagi mashg'ulotlarini TAM Global'ning Kaliforniyadagi sport zalida olib borishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar