So’nggi yangiliklar

18:18Флойд Мейвезер: "50 ёшда ҳам ҳамон жаҳон боксининг юзиман" 0 17:46Клопп — Германия терма жамоасининг янги мураббийи! 0 17:07Амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони камар ҳимоячи учун рингга кўтарилди 0 16:29"У чемпион ва нима қилишни ўзи ҳал қилади". Кличко Усикнинг чемпионлик камарларидан воз кечиш қарори ҳақида 0 15:58"Махачев билан жанг қилмоқчи эдим". Усман дю Плессига жавоб берди 0 15:23The Athletic ЖЧ-2026`нинг 50 нафар энг яхши футболчиси номини эълон қилди 0 14:47Naroditsky Memorial Rapid 2026. Синдаров ва унинг устози Мадаминов финал босқичида! 0 14:19Улуғбек Рашидов уч карра Осиё чемпиони! 0 13:44Нодиржон Мирзаҳмедов Тошкентдаги бокс оқшомида тезкор ғалабага эришди 0 13:16Илгиз Танташев бугунги ўйиндаги ҳакамлиги учун 1 баҳо олди + ВИДЕО 0 12:41"Оқ уй эффекти". Жастин Гэтжи учун 3,6 миллион долларлик шартнома ҳақида маълум қилинди 0 11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0

16 may 14:49
Yangiliklar

Futbol

BAA - O'zbekiston uchrashuvi kelishilganmidi?

Kecha "Tezkor studiya"ning navbatdagi soni bo'lib o'tdi.

Uzoq yillar mobaynida O'zbekiston milliy terma jamoasida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan Alisher Nikimbaev “Tezkor studiya”da Jahon chempionati saralashidan o'rin olgan, amalda biz uchun o'z ahamiyatini yo'qotgan so'ngi tur BAA bilan kelishilgan deya gumon qilingan uchrashuv haqida batafsil fikr bildirdi.

“1997 yil, JCH-1998 saralashi, Qozog'iston bilan o'yindan oldin terma jamoaga braziliyalik Vega Da Silva taklif qilindi. Biz BAA bilan o'yindan raqib bilan birga Abu-Dabidagi mehmonxonaga joylashdik. Amirliklar murabbiyi ham braziliyalik edi. Ular ikkisi shu erda suhbatlashib qolishdi. BAA ustozi Da Silvaga shunday degandi: "Bilasanmi, sizlardan bir kishi kelib O'zbekiston BAAga yutqazib berishni taklif qildi".

O'zbekiston terma jamoasida imkoniyat qolmagandi, BAAda esa juda kichik bo'lsada imkoniyat bor edi. Ular bizdan aynan kim shunday taklif bilan chiqqanini ko'rsatishgan, hozir uning kimligini aytmoqchi emasman, vaziyat chigallashib ketadi. U malum muddat o'zbek futbolidan yo'qolib qoldi, keyinroq qaytdi va hozirga qadar ishlab kelmoqda. Umuman olganda bunday holatlar ko'p bo'lgan, ammo dalil doim ham yo'q”,- dedi futbol mutaxassisi.

Malumot uchun, o'sha BAA - O'zbekiston uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing