So’nggi yangiliklar

08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0

25 apr 18:55
Yangiliklar

Futbol

BAA – O'zbekiston uchrashuvi uchun o'zbekistonlik muxlislarga nechta chipta taqdim etiladi?

O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida safarda Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi maydonga tushadi.

Xabaringiz bor, terma jamoa 5 iyun kuni JCH 3-saralash bosqichi 9-turi doirasida BAAga safar uyushtiradi. Mazkur bahs O'zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega, sababi aynan shu o'yin natijasi Timur Kapadze shogirdlarini muddatdan avval JCH-2026ga olib chiqishi mumkin. 

Ko'plab o'zbekistonlik muxlislar termani BAAga qarshi safar uchrashuvda qo'llab-quvvatlash istagini bildirishmoqda. Hozirgi kunda muxlislar uchun asosiy muammo – chipta xaridi. CHiptalar esa hali sotuvga chiqqani yo'q. Xo'sh, Abu-Dabiga boradigan o'zbekistonlik muxlislarga nechta chipta taqdim etiladi?

"Qabul qiluvchi tashkilotlar (hozirgi holatda BAA futbol associaciyasi – tahr.), OFK va tashkilotchi uyushma (BAA futbol associaciyasi – tahr.) tomonidan belgilanadigan alohida xavfsiz hududda, har bir ishtirokchi associaciyaning muxlislari uchun stadionning sof sotuv sig'imining kamida sakkiz foizini taminlashlari shart. Sotib olinadigan chiptalar soni tegishli o'yindan kamida o'n to'rt kun oldin qabul qiluvchi tashkilotga malum qilinishi lozim. Mehmon jamoa, hatto chiptalar ishlatilmagan taqdirda ham, sotib olingan barcha chiptalar uchun javobgardir", – deyiladi OFK reglamentida.

SHunday ekan, O'zbekiston milliy terma jamoasini stadiondan turib qo'llab-quvvatlamoqchi bo'lgan muxlislarga stadion sig'imining 8% qismi ajratiladi. Uchrashuv Abu-Dabidagi 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Al Nahayyon" stadionida bo'lib o'tishini inobatga olsak, vatandoshlarimiz uchun 1200 ta chipta sotuvga chiqariladi.

Eslatib o'tamiz, 5 iyun kuni bo'lib o'tadigan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing