08 jan 16:39
Yangiliklar

BAA shaxmatchilari poytaxtimizda bo'lib turibdi FOTOGALEREYA
Ular 11 yanvar kuniga qadar poytaxtimizdagi Xalqaro SHaxmat akademiyasi binosida o'quv yig'in mashg'ulotini o'tkazishadi. Mashg'ulotlar belgilangan dastur asosida tashkil etilayotgan bo'lib, unda sport mahorat darslari, blic va rapid yo'nalishi bo'yicha musobaqalar, akademiyaning iqtidorli sportchilari ishtirokida o'yin seanslari hamda madaniy tadbirlar o'rin olgan.
Akademiya murabbiyi, xalqaro toifadagi sport ustasi, mahoratli murabbiy Elbek Aliqulov ishtirokida sport mahorat darslari tashkil etildi. Undan so'ng, klub sportchilari akademiya shug'ullanuvchilari o'rtasida rapid yo'nalishi bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.
Sport mahorat darslari va akademiya o'quvchilari o'rtasida shaxmatning blic yo'nalishi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. 10 yanvar kuni O'zbekiston SHaxmat federaciyasi hamda BAAning “SHarja shaxmat klub”i o'rtasida hamkorlik bitimi imzolanishi kutilmoqda.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV
Fikrlar