18 jan 11:32
Yangiliklar
Futbol

BAA U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekiston favorit"
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi BAA - O'zbekiston uchrashuvidan oldin har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
"Biz uchun O'zbekistonga qarshi o'yin bu Top darajadagi bahs. Raqibimiz kuchini bilamiz. Lekin biz tayyormiz. Tayyorgarlik yaxshi ketyapti. O'zbekiston bizdan bir kun ko'p dam olish imkoniyatiga ega bo'ldi. O'zbekiston favorit.
Bizda ham tarkibda katta turnirlar tajribasiga ega o'yinchilar bor. Ularning foydasi katta. Ertangi o'yin masalasini bitta gol hal qilish mumkin. Omadga ham ko'p narsa bog'liq", - deydi BAA bosh murabbiyi.
Eslatib o'tamiz, BAA - O'zbekiston uchrashuvi 19 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi. Bahsni xitoylik hakamlar boshqarib borishadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar