11 dek 10:24
Yangiliklar
Boshqalar

Badminton: terma jamoamiz xalqaro turnirda ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda Bangladeshning Dakka hamda Turkiyaning Anqara shaharlarida badminton bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
Mazkur musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasidan 3 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro turnirlarda badminton bo'yicha dunyoning 28 ta davlatidan 250 nafarga yaqin eng kuchli sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Bu esa o'z o'rnida badminton bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolarining jismoniy holatini tekshirish va kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish vazifasini o'tab beradi.
Xalqaro musobaqalar Xalqaro badminton federaciyasi tartib-qoidalariga muvofiq o'tkazilib, unda sportchilarimiz Olimpiya o'yinlariga yuqori reyting ballarini qo'lga kiritish uchun bahs olib borishmoqda.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar