So’nggi yangiliklar

18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0 13:30Арман Царукян икки потенциал рақибини эълон қилди 0 13:09Олимпия ўйинлари совриндори ва жаҳон чемпионларимиз талабалар билан учрашди 0 12:48Энтони Жошуа Фьюри ҳақида: "У кетади ва қайтади, мен эса барқарорман" 0 12:27Ламин Ямаль Испания чемпионати рекордини ўрнатди 0

07 fev 11:52
Yangiliklar

Futbol

Bahodir Ahmedov Vetnamga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati chorak finalida Vetnamga qarshi bahs olib borishi haqida xabar berilgandi.

Bugun, 7 fevral kuni 1/4 final bellashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bo'lajak bellashuv oldidan quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

“Avvalo, chorak finalga qadar etib kelgan jamoalarni tabriklayman. Vetnam shakllangan jamoaga ega ekanini, yaxshi o'ynashini bilaman. Bo'lajak raqib bilan Turkmanistonda Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida bahslashganmiz. O'shanda ham chorak finalda ro'baro kelib, 2:0 hisobida g'alaba qozonganmiz.

Ertangi o'yinga alo darajada tayyorlanib, maydonda bor kuchimizni beramiz. Yillar davomida to'plangan tajriba bizga ko'mak beradi. Biroq, oldingi o'yinlar tarixda qoldi, hozir yangi o'yinlar haqida o'ylash kerak”, – dedi Bahodir Ahmedov.

Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Rodrigo ham O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'zbekiston terma jamoasi Osiyoning kuchli jamoalaridan biri sanaladi. Jamoa 2010 yildan buyon sovrinli o'rinlarni egallab kelmoqda. Raqibning yillar davomida to'plagan ushbu tajribasi ularga ustunlik beradi. Biz himoyani mustahkam ushlashimiz lozim. Bo'lajak o'yinda hech kimga oson bo'lmaydi”, – dedi Migel Rodrigo.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing