So’nggi yangiliklar

21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0 21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0

31 may 13:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov: "Bokschi bo'lmaganimda futbolni tanlardim" (Intervyu)

Teglar :  IntervyuBoksJalolov
Professional bokschimiz Bahodir Jalolovning www.olamsport.com saytiga bergan intervyusini etiboringizga havola qilamiz.

Boks va futbol orasidagi tanlov

Boksga kirib kelishim juda qiziq bo'lgan. To'g'risini aytsam CHirchiqdagi Olimpiya zaxiralari kollejiga ham futbol uchun kelganman. O'shanda rahmatli dadam meni bokschi bo'lishimni istagandilar. 

O'shanda futbol imtihonlari o'tib ketgan edi. Faqat boks yo'nalishi uchun imtihonlar qolgan ekan. Keyin boksga kirganman. Boshida juda qiynalganman, burnim singan. 13 nafar bola o'qishga topshirgan bo'lsak, boksni bilmaydigan asosan men edim. Umuman boks qo'lqoplarini kiymagan bola edim. Qiyinchiliklar bo'lgan. SHu tariqa boksga kirib kelganman. 

Eng qadrli sovrini

Osiyo chempioni bo'ldim, jahon kubogida g'alaba qozondim, JCHda bronza medali, Olimpiadadagi ishtirok. Barcha yutuqlarim men uchun qadrli. CHunki, ularning barchasini tagida mehnat, mashaqqat yotibdi. Bu yutuqlar o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. CHunki, har bir bokschi ringga g'alaba uchun chiqadi. 

O'zbekistonda birinchi raqamli bokschi bo'lishimdan oldin mamlakat chempionati o'tkazilgan. O'shanda juda yosh edim. O'sha vaqtgacha na yoshlar, na kattalar o'rtasidagi musobaqada natija ko'rsatmagandim. Kattalar o'rtasidagi ilk O'zbekiston chempionatida mag'lub bo'lganman. Ikkinchi chempionatimda esa uchta jang o'tkazib, ularning har uchchalasini ham nokaut evaziga o'z foydamga hal qilganman. O'sha musobaqa doimo esimda turadi. Kattalar o'rtasida birinchi raqamga aylanishimga o'sha turnir sabab bo'lgan. SHundan so'ng jahon kubogi, jahon chempionati, Osiyo chempionati va Olimpiadaga bordim. Ana shu musobaqa men uchun eng qadrlisi bo'lsa kerak deb o'ylayman. 


Bokschi bo'lmaganida...

Agar bokschi bo'lmaganimda futbolchi bo'lardim. Futbolchi sifatida terma jamoamizni jahon chempionatiga chiqishiga o'z hissamni qo'shgan bo'lardim (kuladi). Hozir ham futbolni yaxshi ko'raman. Oldin ushbu sport turi men uchun birinchi o'rinda bo'lgan. Hozirda esa hayotimda boks birinchi raqam. Kasbimiz shu. Uni yaxshi ko'raman. SHuni orqasidan non topyapman. SHuning uchun mashg'ulotlarimni chin dildan, olib boraman.


Qaysi futbol jamoasiga muxlislik qiladi?

"Real". Yoshligimdan ushbu klub ishqiboziman. 


Islom Karimov bilan uchrashuv haqida

Yurtboshimiz bilan uchrashuv hayotimdagi eng esda qolarli ish bo'lgan. Ular menga qarab turganlarida to'g'risi biroz hayajonlanganman. Ammo vaqt o'tib hayajonim bosildi, so'zga chiqqanimda ham hayajonlanmaganman. O'zlari ham meni ko'rib, qaysi kasb egasi ekanligimda qiziqqan ekanlar. O'sha vaqtda etiborlariga tushgan ekanman. Umuman, o'sha uchrashuvdan so'ng kuchimga kuch qo'shilgan. 


Ramazon oyida nimalar bilan band?

Mashg'uotlar olib boryapmiz. O'z vazifamizni ham bajaryapmiz. Ro'za tutib, dunyoviy ishlarni tashlab qo'yish ham bo'lmaydi. Har ikkisini bir hilda olib borish lozim. O'shanda savobi ham kattaroq bo'ladi. "Ro'za tutyapmanku" deb uyga kirib yotib olish ham bo'lmaydi. Barcha o'z ishini qilishda davom etishi lozim. 


Kuchliroq chorlovlarni qabul qilish vaqti kelmadimi?

Promouterlarim menga qaysi raqibni topishsa o'sha bilan tushaman. Ulardan kuchliroq raqibni ko'p so'radim. Lekin, boks boshqa - og'ir vazn boshqa. Bizda bitta zarba barchasini hal qilib yuborishi mumkin. Bitta mag'lubiyat promoutarlarning qiziqishi pasayishiga sabab bo'lishi mumkin. Aslida kuchsiz bokschilar bilan tushganim yo'q. Ular ham reytingda kuchli 200 likka kirishadi. Bo'yi kichik bokschi oldimda kuchsizdek ko'rinib qolishi mumkin. Masalan, Muhammad Ali, Mayk Tayson kabi bokschilarning janglariga nazar tashlaydigan bo'lsak, ular ham shu yo'ldan yurishgan. Faoliyatining boshida oddiy bokschilar bilan jang qilishgan. Og'ir vaznda tavakkal qilib bo'lmaydi. O'ylaymanki, barchasi birdaniga bo'lib qolmaydi. Endi Olimpiadadan so'ng chempionlik janglariga harakat qilamiz. Yaqin orada kamarimni himoya qilaman. Agar o'sha jangni muvaffaqiyatli o'tkazsam, WBC reytingiga kiramiz. Keyin esa kuchliroq raqiblar bo'ladi. 

Bokschimiz intervyusi davomida shuningdek BIG UZBEK laqabi, boksdagi kumiri, eng yaqin do'stlari, ustozi, uchta tilagi haqida gapirib bergan. 

Intervyuning davomini video orqali tomosha qilishingiz mumkin. 


Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi

Video: Zoir Tursunboev

Foto: Jahongir Fayzullaev. 

(TAS-IX emas)


(TAS-IX)


 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing