So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

31 jan 14:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov Rio-2016'da mag'lub bo'lgan raqibi bilan revansh o'tkazish niyatida

Boks bo'yicha ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi, superog'ir vaznli Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) britaniyalik Jo Joys (16-3, 15 KO) bilan revansh jangini o'tkazish istagi borligini malum qildi.

Bu ikki bokschi 2016 yili Rio-de-Janeyro (Braziliya)da bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarining chorak finalida to'qnash kelgandi. O'sha jangda Joys ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Endi bu qarama-qarshilik prof boksda davom etishi mumkin.

— Havaskor sifatida Rio-2016 Olimpiadasida britaniyalik Jo Joysga yutqazgandingiz. U bilan professional ringda revansh jangini o'tkazishni xohlaysizmi?

"Ha, albatta. Agar shunday jang o'tkazilsa, biz xursand bo'lamiz" Men katta janglarga tayyorman, lekin ungacha yana bir yoki ikkita jang o'tkazib olishim kerak. Ko'proq raund o'tkazishim lozim. Men havaskor sifatidagi faoliyatimni tugatdim. Yana bir yoki ikkita jang kerak, keyin istalgan raqib bilan jang qilishim mumkin", dedi Jalolov.

Malumot uchun, Bahodir Jalolov 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida franciyalik Devid Spilmontga qarshi jang o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing