So’nggi yangiliklar

09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0

20 avg 10:35
Yangiliklar

Boks reytingi

Bahodir Jalolov WBC'ning yangilangan reytingida 6-o'ringa ko'tarildi

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) avgust oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi.

Etiborlisi, superog'ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov yangilangan reytingda 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Ikki karra Olimpiada chempioni iyul oyi reytingida 8-o'rinni egallab turgandi. 

Ushbu vaznda Aleksandr Usik chempion, Tayson Fyuri esa 1-o'rinni band etgan. Jalolovdan oldingi o'rinlardan Agit Kabaye (Germaniya), Martin Bakole (Kongo/Buyuk Britaniya), CHjang CHjiley (Xitoy), Efe Ajagba (Nigeriya/AQSH) joy olgan.    

Yangilangan reytingdan 10 nafar bokschimiz o'rin olgan:

Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagidan 2 pog'ona ko'tarilib, 6-o'rindan joy oldi;

Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev o'tgan oydagidan bir pog'ona yuqorilab, 13-o'ringa joylashdi;

Superyarim o'rta vazn toifasi (69,9 kg): Isroil Madrimov 3-o'rinda qayd etildi;

Yarimo'rta vazn (66,6 kg): SHahram G'iyosov bir pog'ona yuqorilab, 7-o'rinni band etgan bo'lsa; Jahongir Rasulov 3 pog'onaga pastladi va 30-o'rinni egalladi;

Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 18-o'rinni band etgan;

Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev 4-o'rinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov o'tgan oydagi kabi 28-o'rinni band etib turibdi;

Engil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov o'tgan oydagidan 1 pog'ona pastlab, 35-o'ringa joylashdi;

Birinchi o'ta engil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do'smatov o'tgan oydagidan bir pog'ona yuqoriladi va 4-o'rindan joy oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing