So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

16 mar 09:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolovning bo'lajak raqibi ikki yulduz bilan jang qilgan

Teglar :  Bahodir Jalolov
Superog'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi malum bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Havaskor boksda Olimpiya o'yinlarining ikki karra g'olibi bo'lgan Jalolov 5 aprel kuni Qozog'istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan musobaqada ishtirok etadi.

Boxer TV malumotiga ko'ra, o'sha kuni Big Uzbek'ga ukrainalik Igor SHevadzuckiy raqib bo'ladi.

34 yashar SHevadzuckiy faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, ularning 12 tasida g'alaba qozongan (10 ta nokaut) va 2 ta jangda imkoniyatni boy bergan (1 ta nokaut).

Qizig'i, Igor har ikki mag'lubiyatini faoliyatida to'qnash kelgan eng tajribali raqiblaridan qabul qilib olgan. U 2023 yil aprel oyida Polshada tashkil etilgan boks oqshomi doirasida WBO sobiq chempioni, kongolik Martin Bakolega texnik nokaut orqali mag'lub bo'ladi.

2024 yil mart oyida esa Igor bolgariyalik taniqli Kubrat Pulev bilan jang qilgan va ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi.

30 yoshli Jalolov esa prof faoliyati davomida hozircha 14 ta jang o'tkazib, ularning barchasini muddatidan oldin o'z foydasiga yakunlagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing