13 okt 14:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolovning Londondagi jangi jonli efirda ko'rsatiladimi?
Ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni, o'zbekistonlik super og'ir vazn bokschisi Bahodir Jalolov 17 oktyabr kuni Londonda britaniyalik Solomon Dakresga qarshi ringga chiqadi.
Boks oqshomi Toshkent vaqti bilan 17 oktyabr kuni soat 21:00 da boshlanadi. Janglarni DAZN platformasi orqali jonli tomosha qilish mumkin bo'ladi.
Jalolov so'nggi jangini 2026 yil may oyida Agron Smakichiga qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi. Hamyurtimizning professional ringdagi rekordida — 17 ta g'alaba mavjud, shundan 15 tasi nokaut bilan qo'lga kiritilgan.
Solomon Dakres esa oxirgi bor 2025 yil iyul oyida Vladislav Sirenkoga qarshi jang qilib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan. Britaniyalik bokschi hisobida 10 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar