15 mar 20:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi malum bo'ldi
Ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 5 aprel kuni Qozog'istonning Astana shahrida o'tkazishi haqida avvalroq xabar bergandik.
Boxer Tv kanali malumotiga ko'ra, bokschimiz o'sha kuni ukrainalik Igor SHevadzuckiyga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, ukrainalik 34 yoshli bokschi shu kungacha prof boksda 14 ta jang o'tkazgan va ularning 12 tasida g'alaba qozongan (10 ta nokaut). 2 ta jangda imkoniyatni boy bergan (1 ta nokaut). U mag'lubiyatlarni Kubrat Pulev va Martin Bakoledan qabul qilib olgan.
Bahodir Jalolov esa prof boksda 14 marotaba jang qilgan va ularning barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag'lub etgan.
Havola :
Manba : Boxer TV
Fikrlar