10 iyu 19:32
Yangiliklar
Bahodir Jalolovning raqibi jang oldidan qanday fikrda?
Ertaga bokschimiz Bahodir Jalolov Nyu-Yorkda belgiyalik Jek Mulovayiga qarshi ringga ko'tariladi.
Mulovayi bokschimizga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi navbatda ushbu jangni tashkil qilgan barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. AQSHda yana jang qilayotganimdan baxtliman. O'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Faoliyatimda bir necha o'zgarishlarni amalga oshirdim. Butun jamoamni o'zgartirdim. Kuchli murabbiy bilan ishlashni boshladim. Hozirda menda g'alaba uchun zarur barcha narsa bor. Sensaciyalar qayd etishga o'rganib qolganman. Ertangi jangga tayyorman", - dedi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang 11 iyun kuni taxminan 7:00dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar