So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

07 iyu 22:59
Yangiliklar

Boshqalar

Bahodirlar o'yini qatnashchilari "Ochiq osmon ostidagi muzey"ga etib kelishdi FOTOGALEREYA

Ertaga Xiva shahrida bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish bo'yicha ikkita nufuzli turnir start oladi.

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hamda O'zbekiston Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyasi hamkorligida 8-9 iyun kunlari “Ochiq osmon ostidagi muzey-shahar” tarifini olgan qadim Xiva shahrida elkasi erga tegmagan kurashchi, polvonlar piri Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan “Bahodirlar o'yini” I-xalqaro turniri hamda tosh ko'tarish bo'yicha Osiyo Ochiq chempionati o'tkaziladi. 

Bugun ertalabdan Urganch shahridagi temir yo'l vokzali hamyurtlarimiz bilan gavjum bo'ldi. Ular orasida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sport faxriylari va yoshlarni uchratish mumkin edi. Hammaning yuzida tabassum ufurib turibdi. O'zaro suhbatlar ham dildan bo'layotir. Binobarin, barchasini mushtarak maqsad birlashtirgandi. U ham bo'lsa, Xorazm zaminida o'tkazilayotgan  musobaqaning bir guruh ishtirokchilarini kutib olishga qaratilgandi.

Vaqt tezda o'tib ketgani ham sezilmadi. Uzoqdan Toshkent-Urganch yo'nalishida harakatlanib kelayotgan poezd ko'zga tashlandi. Uning jarangdor gudogi yangrab, barchani hushyor tortirdi. Bu poezdning vokzalga yaqinlashayotganini bildirardi. SHu mahal yon-atrofni karnay va surnayning jo'shqin ovozi tutib ketdi. Mehmonlar milliy urf-odatlarimizga binoan non va tuz bilan kutib olindi.

SHu erning o'zida tantanali marosim uyushtirildi. Tadbirda so'zga chiqqan Xorazm viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SH. Madaminov, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori K. Xolmatovlar  sportchilar va ularning murabbiylarini  muborakbod etishib, ularga xush kayfiyat tilashdi.

- Mamlakatimiz sporti hayotida unutilmas damlarning guvohiga aylanyapmiz, - dedi O'zbekiston Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyasi prezidenti V.Najmiddinov. - Elkasi erga tegmagan polvon Pahlavon Mahmud zaminida, ushbu siymo xotirasiga bag'ishlab birinchi marta mana shunday etiborli va nufuzli musobaqa uyushtiriladi. Unda dunyoning  ko'plab davlatlarining polvoni o'z mahoratini namoyish etadi. Ishonchimiz komilki, ushbu bahslar nafaqat respublikamiz sport ixlosmandlari, qolaversa, Xiva shahrini tomosha qilishga kelgan chet ellik sayyohlarda ham katta taassurotlar qoldiradi.

Malumot uchun, bellashuvlarda dunyoning 16 mamlakatidan 150 nafardan ziyod polvon ishtirok etadi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganchdan maxsus

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing