So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

10 mar 09:28
Yangiliklar

Boshqalar

Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish bo'yicha mamlakat chempionlari aniqlandi

Teglar :  Bahodirlar o'yini
Yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Xabaringiz bor, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyasi hamkorligida bir necha kun avval Sirdaryo viloyatida Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish bo'yicha mamlakat chempionatiga start berilgan edi.

Baxt shahri mezbonligida o'tkazilgan O'zbekiston chempionati bahslarida respublikamizning barcha hududlaridan saralangan 400 nafardan ziyod polvonlar kuch sinashishdi. Ushbu musobaqada o'smirlar, yoshlar, kattalar, faxriylar va imkoniyati cheklangan sportchilar g'oliblik uchun bellashishdi.

Qizg'in va murosasiz kechgan chempionat yakuniga ko'ra umumjamoa hisobida tosh ko'tarish bahslarida 1-o'rinni Sirdaryo viloyati jamoasi egalladi, 2-o'rin Andijon viloyati jamoasiga nasib etgan bo'lsa, kuchli uchlikni Xorazm viloyati jamoasi yakunlab berdi.

Bahodirlar o'yinlari bahslarida 1-o'rinni Surxondaryo viloyati, 2-o'rinni Andijon viloyati jamoasi egallagan bo'lsa, 3-o'rin Farg'ona viloyati polvonlariga nasib etdi.

Ushbu chempionatni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad joriy yilning aprel oyida poytaxtimizda o'tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va ilg'or sportchilarni saralab olishdan iborat. Musobaqa sportchilar o'zlarini imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o'tkazishlari uchun katta imkoniyat bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing