12 mar 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahrom Fozilov Ro'ziboev bilan bir oqshomda jang qiladi. Raqib aniq
CHarm qo'lqop ustamiz navbatdagi jangini Toshkentda o'tkazadigan bo'ldi.
Xabaringiz bor, 14 mart kuni Toshkentda yana bir prof boks oqshomi bo'lib o'tadi. Mazkur kechaning asosiy kardida o'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahrom Fozilov (7-1-3, 7KO) navbatdagi jangini o'tkazadi. Bokschimizga bo'lajak jangda ozarbayjonlik Ali Mammadov (13-5, 3KO) raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Bahrom Fozilov so'nggi jangini Elvin Axundovga qarshi o'tkazib, ilk raunddayoq g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar