02 okt 09:35
Yangiliklar

Bahromov va SHermatov - Rossiyadagi turnir sovrindorlari!
Rossiyaning Vladimir shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi xalqaro turnir yakunlandi.
Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xaba bermoqda.
“Vladimir kuzi” deb nomlangan ananaviy xalqaro musobaqada MDH mamlakatlaridan kelgan 1997-1999 yillarda tavallud topgan 300 nafardan ziyod istedodli kurashchilar ishtirok etishdi.
Musobaqaning so'nggi kuni terma jamoamizning ikki azosi bronza medallarini qo'lga kiritishdi. 55 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Ilhom Bahromov hamda 84 kg vazndagi Ermat SHermatov bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, xalqaro turnirning ilk kuni yana bir hamyurtimiz Jalgas Berdimuratov ham 74 kg vazndagi polvonlar bahsida bronza medali bilan taqdirlangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar