18 okt 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Bakli Melottdan qabul qilib olgan bugungi nokautli mag'lubiyati haqida gapirdi
UFC`ning yarim o'rta vazn toifasidagi (77 kg gacha) amerikalik jangchisi Xoakin Bakli bugun UFC Fight Night 291 turnirida kanadalik Mayk Melottdan qabul qilgan mag'lubiyatiga ilk bor izoh berdi.
"Nima bo'lganini hammangiz bilasiz. Umuman olganda, jang men kutgandek kechmadi. Men chiqib, nokaut bilan g'alaba qozonishim kutilayotgan edi, ammo yakunda odamlar shoudan zavq olishdi, tomosha qiziqarli bo'ldi. Ishonamanki, mening chiqishim sportga yangi muxlislarni jalb qiladi.
Odamlar nima deyishidan yoki vaziyat qanday rivojlanishidan qati nazar, men shunchaki mashg'ulotlarga qaytaman va o'z nomimni tiklashda davom etaman. Mening ismim Xoakin Bakli! Men to'xtamayman. Oldinga qarab harakat qilishda davom etaman", — deb yozdi Bakli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar