14 fev 11:57
Yangiliklar
Dzyudo

Baku Grand Slam. Bugun ilk kungi bahslarda 7 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir boshlanadi.
Ilk kungi bellashuvlarda terma jamoamizning 7 nafar dzyudochisi medallar hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan ballar uchun tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-60 kg: Murodil Murodillaev - Islam Sultigov (IJF)
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov - Ahmad Yusifov (Ozarbayjon)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov - Elshan Asadov (Ozarbayjon)
-66 kg: Azizbek Ortiqov - Kanat Seylxan (Qozog'iston)
-48 kg: Laziza Haydarova - Tara Babulfath (SHveciya)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva - Hun Mio (Koreya Respublikasi)
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova - Lusiana Katana (Ruminiya)
Malumot uchun, musobaqaning birinchi kungi saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 13:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar