So’nggi yangiliklar

16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0

13 may 11:54
Yangiliklar

Engil atletika

Baku Grand Slam. O'n ikki davlat sportchilari kamida bitta oltin medalga ega bo'lishdi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.

Uch kun davom etgan yilning nufuzli musobaqasida sayyoramizning 5 ta qitasi 57 davlatidan jami 449 (266 erkak, 183 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etdi. Odatdagidek erkaklar va ayollar 7 tadan vazn toifasida tatamiga chiqishdi.

Baku Grand Slam 2019 musobaqasida uch nafar dzyudochimiz - Muhriddin Tilovov (-66 kg), Obidxon Numonov (-73 kg) hamda SHahzodbek Sobirov (-90 kg) yurtimiz sharafini himoya qildi. Ular orasida eng yaxshi natijani Muhriddin Tilovov qayd etdi. -66 kg vaznda beshinchi o'rinni egallagan Tilovov o'z hisobiga 360 reyting ochkosini yozib qo'ydi. Sobirov ikkinchi bosqichda vengriyalik Kristian Totga, Numonov esa ilk bahsdayoq bo'lajak chempion, ozarbayjonlik Xidayat Xeydarovga yutqazib qo'ydi. 

Baku Grand Slam 2019 musobaqasi yakunlariga ko'ra Yaponiya terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillariga qaraganda 2 ta kumush medal kam jamg'argan Braziliya terma jamoasi (2 ta oltin, 1 ta kumush) ikkinchi o'rinni band etdi. Kuchli uchlikka mezbonlar 1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan yakun yasashdi. 

Umuman olganda, 12 ta mamlakat sportchilari o'z uylariga kamida bitta oltin medal bilan qaytishdi. Ular - Yaponiya, Braziliya, Ozarbayjon, Ispaniya, Germaniya, Isroil, Gruziya, Franciya, Gollandiya Ukraina, Serbiya va Moldova davlatlaridir. Yigirma to'rtta davlat dzyudochilari kamida bitta bronza medaliga ega bo'lishdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing