18 iyu 09:12
Yangiliklar
Barakalla! Osiyo chempionatida qatnashgan 20 nafar dzyudochimizning bari shohsupaga ko'tarildi
Kadetlarimiz xuddi birinchi kuni bo'lgani singari ikkinchi kungi bellashuvlarda ham sermahsullik ko'rsatishdi. Aurelian-CHiprian Flis murabbiyligidagi dzyudochilarimiz ikkinchi kun 5 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Behruzbek Usmonov, Jo'rabek Eshpo'latov, Alibek Durdiev, Zuhra Alimova va Parizoda Yuldasheva o'z vazn toifalarida Osiyo chempioni bo'ldi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi Aurelian CHiprian-Flic murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan qutlaydi.
Osiyo chempionatida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafruz Boltaboeva
-48 kg: CHaros Hikmatova
-57 kg: Zuhra Alimova
-63 kg: Parizoda Yuldasheva
-50 kg: Akbar SHaripov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
-66 kg: Akramjon Karimov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov
+90 kg: Alibek Durdiev
Kumush medallar
-44 kg: Alina Kolyucheva
-63 kg: Dinora Samandarova
-55 kg: Bobur Yusupov
-81 kg: Samandar Sunnatov
Bronza medallar
-48 kg: Mohinur Ollaberganova
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva
-70 kg: Poshshajon Jumabaeva
-50 kg: Mamurjon Abduvahobov
-60 kg: Abubakr Sattorov

Fikrlar