26 apr 11:01
Yangiliklar
Tennis

Barcelona Open. Jokovichning kutilmagan mag'lubiyati
Biroz avval xabar berganimizdek, Ispaniyaning Barselona shahrida tennis bo'yicha ushbu haftaga belgilangan eng nufuzli turnir davom etmoqda.
Barcelona Open Banc Sabadell yoki Trofeo Conde de Godó nomi bilan ataluvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 2 510 900 evroni tashkil qiladi. Dunyoning 12-raketkasi hisoblangan Novak Jokovich uchun mavsum omadsiz o'tmoqda.
Serbiyalik tennis yulduzi ikkinchi davra uchrashuvida slovakiyalik Martin Klijanga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bir soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda dunyo reytingida 140-o'rinni egallab turgan Klijan 6:2, 1:6, 6:3 hisobida zafar quchdi. Klijan uchinchi bosqichda ispaniyalik Felisiano Lopesga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar