26 apr 10:21
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/37629_220.jpg)
Barcelona Open. Nadal g'alaba bilan boshladi
Ispaniyaning Barselona shahrida tennis bo'yicha ushbu haftaga belgilangan eng nufuzli turnir davom etmoqda.
Barcelona Open Banc Sabadell yoki Trofeo Conde de Godó nomi bilan ataluvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 2 510 900 evroni tashkil qiladi. Amaldagi chempion Rafael Nadal chempionlik himoyasini g'alaba bilan boshladi.
Ispaniyalik raketka ustasi hamyurti Roberto Karbales-Baenaga qarshi kortga chiqib, ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida zafar quchdi. Bugun Nadal nimchorak final uchrashuvida yana bir vatandoshi Gilermo Garsiya-Lopesga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar