15 mar 18:37
Yangiliklar
Boshqalar
Barcha sport talim muassasalari nomuayyan muddatga yopildi, O'zbekiston chempionatlari qoldirildi
16 martdan sanasidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha talim muassasalari nomalum muddatga yopildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan vazirlik tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha talim muassasalari, jumladan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar, IBO'SMlar, BO'SMlaridagi pullik va bepul to'garaklar, shuningdek, yopiq suzish havzalaridagi barcha to'garaklar nomuayyan muddatga tatilga chiqarilganini malum qilamiz.
SHu bilan birga mamlakatimiz hududida o'tkaziladigan barcha sport turlari bo'yicha O'zbekiston chempionatlari va kuboklari hamda boshqa ichki musobaqalar ham nomalum muddatga qoldiriladi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar