So’nggi yangiliklar

19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0

03 fev 13:18
Yangiliklar

Tennis, Bolalar sporti

“Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqasi o'tkazildi+FOTO

Kecha poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida joylashgan O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik liceyi sport zalida “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalari dasturidan o'rin olgan stol tennisi bo'yicha Toshkent shahar bosqich bahsalari bo'lib o'tdi.

“Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalari O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashi tomonidan  tashkil etilgan bo'lib, 21 ta sport turidan iborat bellashuvlarni belgilangan rejaga ko'ra o'tkazib keladi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad – akademik licey va o'rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlar o'rtasida sport sog'lomlashtirish ishlari ko'lamini yanada kengaytirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlash va sport turlari bo'yicha terma jamoalar tarkibiga zaxiralar yaratishdan iborat.


O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik liceyi sport zalida o'tkazilgan stol tennisi bahslarida Toshkent shahridagi barcha tumanlardan yig'ilgan 44 nafar o'g'il-qiz sovrinli o'rinlar uchun o'zaro kuch sinashishdi.

Malumot uchun, mazkur stol tennisi bellashuvlari uchinchi bosqich bo'lib, bundan avval dastlab, har bir kollej va akademik liceylarda birinchi bosqich o'tkazilgan va saralangan sportchi-o'quvchilar tuman bosqichi, yani ikkinchi bosqichda imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishgan. 

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik liceyi mezbonlik qilgan uchinchi bosqich esa, g'oliblarni fevral oyining ikkinchi o'n kunligida Navoiy viloyatida bo'lib o'tadigan Respublika final bosqichida ishtirok etish imkonini beradi. 


Murosasiz kechgan bellashuvlarda asosan mezbonlar hamda CHilonzor va Mirzo Ulug'bek tumanlaridan kelgan o'quvchilar bellashuvga puxta tayyorgarlik ko'rganliklarini isbotlashdi.

Demak, kuchli uchlikni band etgan  sportchi-o'quvchilar bilan tanishamiz:

O'g'il bolalar: 1. Doniyor Mahkamov (Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti akademik liceyi, Mirzo Ulug'bek tumani), 2. Igor Dastavolov (O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik liceyi, Yakkasaroy tumani), 3. Amir Tohirjonov (Axborot texnalogiyalari kolleji, Mirzo Ulug'bek tumani).

Qizlar: 1. Rozalina Xadjaeva (Pedagogika kolleji, CHilonzor tumani), 2. Sitora Guzarova (O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik liceyi, Yakkasaroy tumani), 3. Farog'at Azizxo'jaeva (Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti akademik liceyi, Mirobod tumani).


Jumanazar ESHALIEV, O'zbekiston "Barkamol avlod" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Toshkent shahri mintaqaviy bo'limi rais o'rinbosari: 

- “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalari dasturidan o'rin olgan stol tennisining shahar bosqichiga qadar bo'lgan bellashuvlar jarayonida juda ko'plab iqtidorli sportchilar borligiga guvoh bo'ldik. Ushbu saralashda ham har bir tumanimizdan eng kuchlilari etib kelishdi va imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. O'ylaymanki, Navoiy viloyatida o'tadigan Respublika final bosqichida ham jamoamiz kuchlilar qatoridan joy olishadi.

Musobaqa yakunida kuchli uchlikni egallagan sportchilar O'zbekiston "Barkamol avlod" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Toshkent shahri mintaqaviy bo'limi tomonidan medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom Rahmonov tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing