24 noy 13:01
Yangiliklar
Futbol

"Barsa" Dembele uchun yana 5 mln evro o'tkazdi. Kataloniyaliklar ushbu transferga umumiy qancha pul ishlatishdi?
"Barselona" yarim himoyachi Usmon Dembelening transferi uchun Dortmundning "Borussiya" klubiga bonus to'lashda davom etmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" nemis klubiga yana 5 million evro o'tkazib berishdi.
Francuz "Barselona"ga 2017 yilda 105 mln evro evaziga o'tgan, barcha bonuslarni hisobga olsak to'lov 148 millionga qadar ko'tarilishi mumkin. Kataloniyaliklar ayni damda "Borussiya"ga 130 mln evrodan ortiq to'lashdi.
"Barselona" tez orada bonuslarning yana bir qismini to'lashi mumkin - klub Dembelening "Barselona" uchun rasmiy 25, 50, 75 va 100-rasmiy o'yinlarida ham 5 mln evrodan po'l to'laydi.
23 yoshli futbolchi "Barselona" safida 83ta o'yin o'tkazgan.
Havola :
Manba : Kicker
Fikrlar