10 iyu 09:45
Yangiliklar
Futbol
"Barsa" Gavi uchun 2 mln., "Liverpul" esa 9 mln. maosh to'lashga tayyor, futbolchining o'zi esa...
"Barselona" rahbariyati hamda jamoa futbolchisi Gavi yangi shartnoma bo'yicha hali kelisha olmayapti.
Malumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar 17 yoshli futbolchiga yiliga 2 million evro maosh taklif qilmoqda. Biroq, bu futbolchi va uning agenti talab qilayotgan puldan kamroq.
Gavi "Barselona" bilan 4 yillik shartnoma imzolamoqchi va maoshi yilma-yil oshishini istaydi. Birinchi yilda 4 mln., ikkinchi yilda 5 mln., uchinchi yil - 6 mln. To'rtinchi yilgi maosh esa futbolchining harakatlaridan kelib chiqib to'lanishi lozim.
Yarim himoyachi oldida APLdan kamida ikkita taklif bor. Ularning biri Gaviga yiliga 9 million evro to'lashga tayyor bo'lib turgan "Liverpul"dan. Biroq, Gavi va uning atrofidagilar "Barsa" bilan kelishib olishni istamoqda.
Havola :
Fikrlar