05 iyu 14:09
Yangiliklar
Futbol

"Barsa" "Inter"ga Lautaro uchun 80 mln evro va Firponi taklif qilmoqda
"Barselona" "Inter" forvardi Lautaro Martines bilan shartnoma imzolashga jiddiy bel bog'lagan.
Kataloniyaliklar argentinalik futbolchiga yangi shartnoma tayyorlashdi: 80 million evro va himoyachi Xunior Firpo. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Milan klubi hali ham Lautaro uchun 111 million evro miqdoridagi tovon puli yoki 90 million+o'yinchini talab qilmoqda. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar