07 iyu 16:40
Yangiliklar
Futbol

"Barsa" Messining hozirgi maoshini pasaytirishga qaror qildi
"Barselona" jamoa sardori Lionel Messining maoshini qisqartirmoqchi.
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu tez orada hozirgi shartnomasi bo'yicha maoshni tushirishini Leoga aytishga majbur bo'ladi.
Messi "Barselona"da oyiga 8,5 million evro maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli argentinalik futbolchining "Barsa" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Tomonlar hali bitimni uzaytirish borasida muzokaralarni boshlashmadi.
Messi joriy mavsum La Liga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 20ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : El Chiringuito TV
Fikrlar