29 avg 08:30
Yangiliklar
Futbol

"Barsa" Umtitidan voz kechdi. Himoyachiga davogarlar yo'q
"Barselona" rahbariyati Samyuel Umtiti bilan xayrlashmoqchi, deb xabar berdi Mundo Deportivo.
26 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning yangi ustozi Ronald Kumanning rejalari doirasiga kirmaydi. Katalon klubi franciyalik himoyachini sotish yoki ijaraga berib yuborish variantini ko'rib chiqyapti. Ammo hozir Umtiti borasida aniq takliflar olinmagan.
Malumot uchun, Samyuel Umtiti "Barselona" tarkibiga 2016 yilda "Lion"dan kelib qo'shilgandi. U La Liganing o'tgan mavsumida 27 uchrashuv o'tkazdi.
Havola :
Fikrlar