17 avg 14:20
Yangiliklar
Futbol

"Barsa"ga keladigan murabbiyning ism-sharifi deyarli malum
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "Barselona"ni boshqarishi mumkin.
Kataloniya klubi va 57 yoshli mutaxassis o'rtasidagi muzokaralar yakunlovchi bosqichga etib kelgan. Qayd etish kerakki, tomonlar kelishuvga erishishga yaqinlar.
Kuman "Barselona" bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Ammo, kelishuvning ikkinchi yili "Barsa"ga yangi prezidentning kelishiga to'g'ri keladi va u mutaxassisning kelajagini belgilaydi.
Oldinroq, murabbiyni Barselona aeroportida payqashgan edi. Kecha "Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu bosh murabbiy Kike Setenning istefoga chiqarilganini aytgan edi.
Havola :
Fikrlar