18 avg 10:54
Yangiliklar

“Barselona” – 12 karra Ispaniya Superkubogi sohibi!
Birinchi o'yinda Kataloniya klubi 2:0 hisobida g'olib bo'lgandi. Javob uchrashuvida Arda Turanning dubli hamda jamoa sardori Lionel Messining goli “Barselona”ning 3:0 hisobidagi g'alabasini taminladi.
SHu tariqa, ikki o'yin natijasiga ko'ra “Barselona” raqibdan ustun keldi va o'z tarixida 12-bor Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.
Ispaniya Superkubogi
BARSELONA – SEVILYA 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 10 Turan, 2:0 – 46 Turan, 3:0 – 55 Messi.
“Barselona” – Bravo, Aleish Vidal, Din (Alba, 61), Umtiti, Suares (Rakitich, 73), Maskerano, Andre Gomesh, Buskets (Serji Samper, 74), Turan, Munir, Messi.
“Sevilya” – Riko, Mariano, Merkado, Diego Gonsales, Sarabiya, Kranevitter, Korrea (Vetto, 73), Ganso (Vaskes, 57), Iborra, Konoplyanka, Ben-Yedder (Vitolo, 63).
Ogohlantirishlar: Umtiti (32), Sarabiya (90).
Birinchi o'yin – 2:0
Fikrlar