16 sen 07:31
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				 
				
			 
				"Barselona" 2017 yildan beri ilk bor La Ligani beshta g'alaba bilan boshladi
"Barselona" klubi Ispaniya La Ligasidagi barcha beshta turda zafar quchdi. 
			Xansi Flik jamoasi kecha safarda "Jirona"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Bunga qadar "Valyadolid" (7:0), "Rayo Valekano" (2:1), "Atletik" (2:1) va "Valensiya" (2:1) klublari taslim etilgandi.
"Blaugrana" so'nggi bor 2017/18 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatini beshta g'alaba bilan boshlagandi. G'alabali seriya 8-turga kelib yakunlangan edi. "Barselona" keyingi turni 22 sentyabrda "Vilyarreal"ga qarshi o'tkazadi.

            Havola            :         
             
			
Fikrlar