08 okt 07:46
Yangiliklar

“Barselona” 2,5 yil ichidagi eng yomon natijasini takrorladi
SHu tariqa jamoa La Ligada qatorasiga 4 ta o'yinda g'alaba qozona olmadi. Jamoa “Atletiko” bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan bo'sa, “Leganes”ga 1:2 hisobida yutqazdi. SHuningdek, “Jirona” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Kataloniyaliklar oxirgi marta bundan 2,5 yil oldin ketma-ket 4 o'yinda g'alaba qozona olmagan edi. O'shanda jamoa “Vilyarreal” bilan 2:2 hisobida durang, “Real” bilan esa 1:2 hisobida mag'lubiyat, “Real Sosedad” bilan 0:1 hisobida mag'lubiyat va nihoyat “Valenciya” bilan 1:2 hisobida mag'lubiyatni qayd etgandi.
Valensiya – Barselona 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 2 Garay, 1:1 – 23 Messi.
Valensiya – Neto, Garay, Gayya, Pichchini, Gabriel, Soler, Parexo, Kondogbia (Koklen, 79), Gedesh (CHeryshev, 12), Batshuayi, Gameyro (Rodrigo, 67).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Vermalen, Rakitich, Buskets, Artur (Rafinya, 88), Koutino (Dembele, 84), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Suares (41), Soler (43), Koutino (58), Parexo (58).
Fikrlar