02 noy 22:41
Yangiliklar

"Barselona" 7 daqiqada 3 ta gol o'tkazib, "Levante"ga mag'lub bo'ldi + VIDEO
Garchi uchrashuvdagi hisobni mehmonlar 38-daqiqada Lionel Messining aniq zarbasi evaziga ochgan bo'lsalar-da, ikkinchi bo'limning qandaydir 7 daqiqasi ichida "Levante" futbolchilari ter Stegen darvozasini uch bor aniq nishongan olishdi.
"Levante" – "Barselona" 3:1
"Syudad de Valensiya"
Gollar: 0:1 – 38, penalti Messi, 1:1 – 61 Kampanya, 2:1 – 63 Mayoral, 3:1 – 68 Radoya.
"Levante": Fernandes, Vezu, Klerk, Postigo, Miramon, Bardi (Rochina, 62), Melero, Radoya, Kampanya (Kabako, 87), Mayoral, Morales (Vukchevich, 82).
"Barselona": ter Stegen, Langle, Semedu, Serji Roberto, Pike, de Yong, Artur (Fati, 66), Vidal (Buskets, 64), Suares (Karles Peres, 41), Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Artur (12), Bardi (52), Grizmann (56), Pike (66), Langle (67), Serji Roberto (81), Fati (86).
Fikrlar